Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Adrian faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Adrian faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Betis» darvozaboni Adrian ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali professional faoliyatini yakunlayotganini ma’lum qildi. Yanvarda ispaniyalik futbolchi 39 yoshni qarshi olgan edi.

«Salom, «Betis» muxlislari. Faoliyatim davomida men sovrinlar yutdim, buyuk futbolchilar bilan raqobatlashdim va eng yaxshilari bilan birga o‘ynadim. Penaltilarni qaytardim, gollar o‘tkazib yubordim va terma jamoaga chaqirildim. Men ota-onasi butun haftalik mehnatdan so‘ng loyli maydonlarda sakrashga olib borgan va bunday orzu qilishga jur’at ham etolmagan o‘sha kichkina bolakay erishgan narsalarga erishdim.

Siz allaqachon dam olish kunlari mening «Betis» darvozaboni sifatidagi so‘nggi o‘yinim bo‘lishini bilasiz, ammo men shuni e’lon qilmoqchimanki, oxirgi bir necha soat ichida bu mening futbolchi sifatidagi so‘nggi o‘yinim ham bo‘lishiga qaror qildim. Men o‘zimga mos joyda — o‘z uyimda faoliyatimni yakunlayapman», — deb yozadi Adrian.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yildan 2024 yilgacha Adrian «Liverpul» safida to‘p surgan, ungacha esa olti yil davomida «Vest Xem» sharafini himoya qilgan. Mersisaydliklar bilan u 2019/20 yilgi mavsumda Angliya chempioni, 2022 yilda Angliya Kubogi sohibi, 2019/20 yilda UYEFA Superkubogi va 2020 yilda Klublararo jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan, shuningdek, ikki marta Angliya Liga Kubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 09:35, 23.05.2026.
O'qildi: 654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик