Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Saudiya Arabistoni chempionatining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Saudiya Arabistoni chempionatining mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Baho:
+ | -

«An-Nasr» hujumchisi Joau Feliks 2025/26 yilgi mavsumda Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda turnir matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yakunlangan chempionatda 26 yoshli portugaliyalik futbolchi 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi Ar-Riyod klubi safiga 2025 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. U avvalroq «Milan», «Chelsi», «Barselona», «Benfika» va «Atletiko» klublari sharafini himoya qilgan.

2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi va ikkinchi o‘rinni egallagan «Al-Hilol»ni 2 ochkoga ortda qoldirdi. 21 may kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi turda «An-Nasr» o‘z maydonida «Damak»ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ta’kidlash joizki, «An-Nasr» safida yana bir portugaliyalik forvard Krishtianu Ronaldu ham to‘p surmoqda.

Kiritildi: 09:39, 23.05.2026.
O'qildi: 3537 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик