Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Xames Anchelotti uni «Manchester Yunayted»ga o‘tmaslikka qanday ko‘ndirganini esladi

Xames Anchelotti uni «Manchester Yunayted»ga o‘tmaslikka qanday ko‘ndirganini esladi

Baho:
+ | -

Kolumbiyalik futbolchi Xames Rodriges amalga oshmay qolgan «Manchester Yunayted»ga transferi haqida gapirib berdi. 2017 yilning yozida o‘sha paytda Madridning «Real» klubida to‘p tepgan hujumkor yarim himoyachi «Bavariya» tomonidan ijaraga olingan edi. Vaholanki, futbolchi «qizil iblislar» safini to‘ldirishi mumkin edi.

«Men «Manchester Yunayted»ga o‘tmoqchi bo‘lib turgandim, to‘satdan Jorje Mendesh: «Bavariya»ga borishni istaysanmi?» deb so‘rab qoldi. Men esa: «U yerda Riberi va Robben bor, men qayerda o‘ynayman?» deb javob berdim. Bunga javoban u: «Seni Anchelotti kutyapti», dedi. Karlo menga qo‘ng‘iroq qilganida, men «MYU»ga o‘tmoqchi ekanligimni tan oldim, u esa: «Qanaqa yana «Manchester»? Bu o‘lik klub. Sen mening jamoamga o‘tishing kerak», deb javob berdi. O‘ylaymanki, «Bavariya»ga borish qarori to‘g‘ri bo‘lgan edi», – deya Xamesning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany.

Hozirgi vaqtda Rodriges MLSning «Minnesota» klubiga tegishli, biroq yaqin orada erkin agentga aylanishi mumkin.

Kiritildi: 10:40, 23.05.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик