Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Tuxel nega Fodenni terma jamoaga olmadi?

Tuxel nega Fodenni terma jamoaga olmadi?

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel nima uchun Fil Fodenni 2026 yilgi Jahon chempionati tarkibiga kiritmaganini aytib berdi. Tuxelning so‘zlariga ko‘ra, muammo faqatgina «Manchester Siti» yarim himoyachisining sport formasida emas, balki uning maydondagi pozisiyasi bilan ham bog‘liq bo‘lgan.

«U terma jamoada ham mashg‘ulotlarda, ham maydon tashqarisida ajoyib ishladi. Bu qarorni unga yetkazish men uchun haqiqatan ham og‘ir bo‘ldi. Yakunda men uning pozisiyasi qayerda ekanligini tushunmadim. U o‘nlikmi? Soxta to‘qqizlikmi? Yoki balki sakkizinchi raqam pozisiyasidagi Bernardu Silva uslubidagi o‘yinchimi? O‘yinchilarni o‘zlariga qulay bo‘lmagan joyga qo‘yish uchun tarkibga olishni to‘g‘ri deb hisoblamayman. Bu futbolchilarni baxtsiz qiladi», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi talkSPORT.

Joriy mavsumda Foden APLning 32 ta o‘yinida 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 11:19, 23.05.2026.
O'qildi: 1448 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик