Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

APL chempionligidan Chempionlar Ligasi tomon: Arteta «kanonirlar»ning yangi ambisiyalari haqida

APL chempionligidan Chempionlar Ligasi tomon: Arteta «kanonirlar»ning yangi ambisiyalari haqida

Baho:
+ | -

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta klubning Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish istagini bildirdi. 30 may kuni bo‘lib o‘tadigan finalda «kanonirlar» «PSJ» bilan to‘qnash kelishadi.

«Biz talablar darajasini yangi cho‘qqiga olib chiqdik. Bugungi kunda biz turgan nuqta — APL chempionligi. Endi esa navbatdagi bosqichga ko‘tarilishimiz kerak, u esa olti kundan so‘ng Budapeshtda sodir bo‘ladi: biz Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishimiz shart, buni barchamiz juda yaxshi anglab turibmiz.

Ayni damda yagona maqsadimiz — shu cho‘qqini zabt etish. Jamoadagi, yigitlar va klub atrofidagi barcha insonlardagi energiya misli ko‘rilmagan darajada. Ko‘pchilik bir-birini juda yaxshi biladi, ular nafaqat jamoadosh, balki bir oiladir.

Siz ularning ko‘zidagi quvonchni, shu bilan birga, ulkan ambisiyani ham ko‘rib turibsiz. Biz buni uddaladik [APLda g‘olib bo‘ldik], ammo endi bizga boshqa narsa kerak. Chempionlar Ligasidagi bu mavsumda bosib o‘tgan yo‘limizni inobatga olsak, maydonga chiqib, g‘alaba qozonishga qodirligimizga mutlaqo ishonchimiz komil bo‘lishi kerak», – dedi Arteta.

Kiritildi: 12:35, 23.05.2026.
O'qildi: 523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик