Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Barselona» Keynni qo‘lga kiritish rejalaridan voz kechmayapti

«Barselona» Keynni qo‘lga kiritish rejalaridan voz kechmayapti

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn «Barselona»ning e’tiborida qolmoqda. Kataloniyaliklar ingliz futbolchisini mavsum yakunida erkin agentga aylanadigan Robert Levandovskining ideal o‘rinbosari sifatida ko‘rishmoqda.

Transfer News Live nashrining El Nacionalga tayanib xabar berishicha, «Barselona» ichida Keynning nomzodiga bo‘lgan qiziqish va qo‘llab-quvvatlash ortib bormoqda. Bosh murabbiy Xans-Diter Flik jamoada aynan elita darajasidagi forvardni ko‘rishni istaydi.

«Ko‘k-anorranglilar» ayni damda Xarri Keyndan tashqari Xulian Alvares, Joao Pedro va boshqa yulduz hujumchilarning xizmatlariga ham qiziqish bildirmoqda.

Xarri Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilga qadar mo‘ljallangan. Taxminlarga ko‘ra, yaqin oylar ichida tomonlar shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

Kiritildi: 13:55, 23.05.2026.
O'qildi: 720 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик