Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Manchester Yunayted» van de Venni nishonga oldi: transfer «Tottenxem»ning taqdiriga bog‘liq

«Manchester Yunayted» van de Venni nishonga oldi: transfer «Tottenxem»ning taqdiriga bog‘liq

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» «Tottenxem» Angliya chempionatidan chiqib ketgan taqdirda, himoyachi Mikki van de Venni sotib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Agar «shporlar» APLda qolishsa, mankunianliklar futbolchiga taklif bilan chiqmaydi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs «The United Stand» YouTube kanalida xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, agar «Tottenxem» APLda qoladigan bo‘lsa, katta ehtimol bilan van de Ven klub bilan yangi shartnoma imzolaydi. Biroq, «Liverpul» tomonidan taklif tushsa, 25 yoshli o‘yinchi mersisaydliklar safiga o‘tishni afzal ko‘radi. Hozirgi vaqtda «qizillar» himoyachining transferi bo‘yicha rasmiy murojaat qilmagan.

Joriy mavsumda van de Ven barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. «Transfermarkt» portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 13:59, 23.05.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик