Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/07 20:00 Mash’al 1-1 Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv 3-3 Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 1-4 OKMK
23/07 20:00 Surxon - Dinamo
23/07 20:00 Navbahor - Qizilqum

Alonso «Real» yulduzini «Chelsi»ga olmoqchi

Alonso «Real» yulduzini «Chelsi»ga olmoqchi

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso o‘zining yangi klubida Arda Gyuler bilan qayta topishishni istamoqda. «Ko‘klar» madridlik yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Goal nashri xabariga ko‘ra, Alonso turkiyalik futbolchining transferi g‘oyasini faol qo‘llab-quvvatlamoqda. «Qirollik klubi» 21 yoshli xavbek bilan xayrlashishni istamayapti, shu sababli uning uchun kamida 100 million yevro talab qiladi. Transfermarkt portalida Arda Gyulerning narxi 90 million yevro etib belgilangan.

Joriy mavsumda futbolchi «qaymoqranglilar» safida barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 14 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, Xabi Alonso o‘tgan yilning iyun oyida «Real» boshqaruvini qo‘lga olgan edi, biroq yanvar oyidayoq iste’foga chiqarilgandi.

Kiritildi: 15:19, 23.05.2026.
O'qildi: 1966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик