Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Arsenal» Rays bo‘yicha bir qarorga keldi

«Arsenal» Rays bo‘yicha bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi rahbariyati jamoa markaziy yarim himoyachisi Deklan Raysning o‘yin darajasidan mamnun. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «kanonirlar» xavbek bilan yaxshilangan shartlar asosida yangi mehnat shartnomasini imzolamoqchi. «Arsenal» va Rays o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yilning yozida tugaydi.

2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi London jamoasining 54 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Deklan o‘z hisobiga 5 ta gol va 11 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» muddatidan oldin Angliya chempioniga aylandi. 30 may kuni Mikel Arteta shogirdlari UYEFA Chempionlar ligasi finalida Fransiyaning «PSJ» jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 15:52, 23.05.2026.
O'qildi: 850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик