Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

David Alabadan bo‘shagan 4-raqamni kim oladi?

David Alabadan bo‘shagan 4-raqamni kim oladi?

Baho:
+ | -

«Real» himoyachisi Raul Asensio mavsum yakunida klubni tark etadigan David Alabaning 4-raqamiga ega chiqish istagini bildirdi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Asensio ushbu raqamning «Real» tarixidagi o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. Xususan, ushbu raqam uzoq vaqt davomida madridliklarning afsonaviy sardori Serxio Ramosga tegishli bo‘lgani va Asensio uchun Ramos kumir hisoblanishini alohida e’tirof etdi.

Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni «Real» rasmiy saytida 33 yoshli David Alabaning mavsum so‘ngida jamoadan ketishi rasman tasdiqlangan edi.

Raul Asensio «qirollik klubi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 18:45, 23.05.2026.
O'qildi: 1229 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик