Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Real» Kamavinganing kelajagi borasida bir qarorga keldi

«Real» Kamavinganing kelajagi borasida bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Eduardo Kamavinga shu yozda «Real»ni tark etmasa kerak. Marca nashrining xabariga ko‘ra, fransuz futbolchisi yozgi transfer oynasida madridliklar safini tark etish bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqmoqchi emas. U kelasi mavsumni joriy mavsumdagidan ko‘ra yaxshiroq o‘tkazishni maqsad qilgan.

Shuningdek, yarim himoyachi «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peresning ishonchini saqlab qolmoqda. Ularning munosabatlari juda yaxshi. Bundan tashqari, «Real» ham shu yozda futbolchini sotib yuborish niyatida emas.

Eduardo Kamavinga 2021 yilda «Renn»dan 31 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda fransuz futbolchisi barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 22:10, 23.05.2026.
O'qildi: 1100 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик