Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Luis Dias: «Men bu darajaga yetib kelishimni tasavvur ham qilmagandim»

Luis Dias: «Men bu darajaga yetib kelishimni tasavvur ham qilmagandim»

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Luis Dias o‘zining bosib o‘tgan yo‘li va bolalikdagi orzulari haqida gapirib berdi.

Touqe Sport nashriga bergan intervyusida Dias shunday dedi: «Bolaligingda Xudodan orzuingni ro‘yobga chiqarishini, professional futbolchi va o‘z yurtingdagi eng yaxshilardan biri bo‘lishni so‘raysan. Ammo bunchalik yuqori cho‘qqiga chiqishingni hech qachon tasavvur qilmaysan. Biz ko‘pincha yutuqlarimizni odatiy holdek qabul qilamiz, lekin ba’zida to‘xtab, «Men buni uddaladim» deb aytish kerak», — dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Luis Dias 2025 yilda «Liverpul»dan 70 million yevro evaziga «Bavariya» safiga o‘tgan edi. Uning myunxenliklar bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Vinger joriy mavsumda «Bavariya» libosida barcha turnirlarda 51 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 12:02, 24.05.2026.
O'qildi: 481 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик