Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

De Dzerbi «Tottenxem» kelajagi haqida gapirdi

De Dzerbi «Tottenxem» kelajagi haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Roberto De Dzerbi kelgusi mavsumda ham «Tottenxem» bosh murabbiyi sifatida qolish niyatida ekanini tasdiqladi.

Ayni paytda «shporlar» APL turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda va ularni Chempionshipga tushib ketish zonasidan atigi 2 ochko ajratib turibdi. Bugun London klubi Premyer-liganing 38-turi doirasida «Everton»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

«Ha, men hammasini tasdiqlayman. «Tottenxem» murabbiyi bo‘lish men uchun hamon katta sharaf. Hatto joyimizni saqlab qolish uchun kurashayotgan bo‘lsak ham, bu muammo emas. Men futbolni turnir jadvali yoki o‘yin darajasidan ham yuqoriroq narsa deb bilaman. Shubhasiz, har birimiz «Tottenxem»ning kelajagi uchun o‘ynaymiz.

Men bu yerga jamoa turnir jadvalining o‘rtasida bo‘lmaganida kelgandim. Vaziyat shunday edi va men bu yerga kelgan ekanman, demak, maqsadga erishish uchun yetarli sharoitlar, munosib futbolchilar va imkoniyatlar borligiga ishonganman. Keyinchalik vaziyat o‘zgardi, chunki biz Kuti Romero, Xavi Simons va Dominik Solankeni yo‘qotdik, ammo mening qo‘l ostimda jamoa sakkiz ochko to‘pladi va ehtimol, undan ham ko‘prog‘iga loyiq edik.

Biz yaxshi o‘ynayapmiz. Premyer-ligada qolishga loyiqmiz, ammo yana bir qadam tashlashimiz kerak. Bu juda qiyin qadam, lekin imkoni bor. G‘alaba qozonish uchun kerakli barcha narsaga egamiz. Biz hamon o‘z oldimizga qo‘ygan maqsad uchun kurashyapmiz. Biz tayyor va kuchli bo‘lishimiz kerak», — dedi De Dzerbi.

Kiritildi: 14:10, 24.05.2026.
O'qildi: 638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик