Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arbeloa «Real» bilan xayrlashdi: Vinisius murabbiyga minnatdorchilik izhor etdi

Arbeloa «Real» bilan xayrlashdi: Vinisius murabbiyga minnatdorchilik izhor etdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etgan Alvaro Arbeloa bilan xayrlashdi. La Liganing so‘nggi 38-turida «Atletik» Bilbaoga qarshi kechgan shanba kungi o‘yin ispaniyalik mutaxassis uchun «qaymoqranglilar» boshqaruvidagi so‘nggisi bo‘ldi.

«Ishonch va mehr uchun rahmat. Kelajakda sizga faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman», – deb yozdi Vinisius ijtimoiy tarmoqlarda Arbeloaga murojaat qilib.

«Rahmat, Vini. Fidoyiliging, mehnatkashliging, iste’doding va jasurliging uchun. Hech qachon o‘zgarma. Seni boshqarish men uchun sharaf edi», – deya murabbiy javob qaytardi.

«Real» va «Atletik» o‘rtasidagi uchrashuv madridliklarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Braziliyalik hujumchi jarohati tufayli ushbu o‘yinni o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 21:24, 24.05.2026.
O'qildi: 696 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик