Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gvardiola «Manchester Siti»dagi so‘nggi o‘yinida klub rekordini yangiladi

Gvardiola «Manchester Siti»dagi so‘nggi o‘yinida klub rekordini yangiladi

Baho:
+ | -

Kataloniyalik supermutaxassis Xosep Gvardiola Angliyaning «Manchester Siti» klubi boshqaruvidagi o‘n yillik faoliyatini yakunlamoqda, uning o‘rnini kim egallashi hozircha ma’lum qilinmagan.

Shu bilan birga, hatto klub boshqaruvidagi so‘nggi o‘yinida ham Gvardiola yangi rekord o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Gap shundaki, bu o‘yin Xosep uchun barcha turnirlarni hisobga olganda «Manchester Siti» boshqaruvidagi 593-uchrashuv bo‘ldi.

Bu esa u «shaharliklar» boshqaruvida bo‘lish davomiyligi bo‘yicha Les Makdauellning rekordini yangilaganini anglatadi. Makdauell «Manchester Siti»ni o‘n uch yil davomida — 1950 yildan 1963 yilgacha boshqargan. Umumiy hisobda bu 592 ta o‘yinni tashkil etgan.

Kiritildi: 00:21, 25.05.2026.
O'qildi: 862 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик