«Manchester Yunayted» sardori Brunu Fernandesh o‘z vatandoshi Bernardu Silvaning «Manchester Siti»dan ketishiga munosabat bildirdi. Yakshanba kuni «shaharliklar» yarim himoyachisi klubdagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi – yozda u erkin agentga aylanadi.
«Tabriklayman, do‘stim! Sen nafaqat o‘z klubingdan, balki butun Premyer-ligadan keladigan bu e’tirofga loyiqsan. Sen Portugaliya bayrog‘ini yuqoriga ko‘tarding, buning uchun sendan minnatdormiz. Men maydondagi bizning raqobatimizni sog‘inaman», — dedi Fernandesh.
Bernardu Silva «Manchester Siti» safida to‘qqiz yil davomida to‘p surdi va shu vaqt ichida olti karra Angliya chempioni bo‘ldi.













