Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/07 20:00 Surxon 1-2 Dinamo
23/07 20:00 Navbahor 1-1 Qizilqum

Robertsonning «Liverpul»dan keyingi manzili aniq bo‘ldi

Robertsonning «Liverpul»dan keyingi manzili aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Liverpul» chap qanot himoyachisi Endryu Robertson faoliyatini «Tottenxem»da davom ettiradi. Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, «shporlar» shotlandiyalik futbolchi bilan prinsipial kelishuvga erishgan.

32 yoshli futbolchi agar «Tottenxem» Premyer-ligadagi o‘rnini saqlab qolsa, London klubiga o‘tishga rozilik bildirgan edi. Roberto de Dzerbi shogirdlari kecha so‘nggi turda «Everton»ni mag‘lub etib, Chempionshipga ravona bo‘lishdan qutulib qolishdi.

Endryu Robertsonning «Liverpul» bilan tuzgan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi, shu sababli u «Tottenxem»ga erkin agent sifatida o‘tadi. U mersisaydliklar sharafini 2017 yildan buyon himoya qilib kelayotgandi va shu vaqt mobaynida jamoa safida 378 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Kiritildi: 12:39, 25.05.2026.
O'qildi: 988 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик