Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Sevilya» «Barselona» hujumchisi Fatini ijaraga olishi mumkin

«Sevilya» «Barselona» hujumchisi Fatini ijaraga olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Barselona» hujumchisi Ansu Fati yaqin haftalarda o‘z kelajagi borasida bir qarorga kelishi kerak. Futbolchi o‘tgan mavsumni ijara asosida «Monako»da o‘tkazib, ancha muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Barca Universal nashrining qayd etishicha, dastlabki qadam «Monako»ga bog‘liq: klub futbolchini 11 million yevroga sotib olish huquqidan foydalanish-foydalanmaslikni hal qilishi lozim. Shu bilan birga, ushbu jarayonda 23 yoshli o‘yinchining xohishi ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Fransiya Ligi 1 bahslarida 12 ta gol urgan «Barselona» akademiyasi bitiruvchisi o‘ziga bir nechta jozibador takliflar bo‘lishini kutmoqda. Fatining shaxsiy istagi — «Barselona»ga qaytish, biroq u jamoa bosh murabbiyi Xansi Flikning rejalariga kirmayotgan ko‘rinadi.

Bir necha kun avval «Sevilya» futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi. Biroq shuni ta’kidlash joizki, jamoaning kelajagi hali mavhum bo‘lib qolmoqda.

Serxio Ramos Fatini jamoaning qolgan qismini shakllantirish mumkin bo‘lgan markaziy yulduz deb hisoblaydi va uning «Five Eleven Capital» guruhi klubni sotib olish jarayonini yakunlash uchun moliyaviy kafolatlar taqdim etishi kerak.

Kiritildi: 15:36, 25.05.2026.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик