Futbol bo‘yicha Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Jahon chempionati oldidan Lamin Yamalning sog‘lig‘i va jamoaning umumiy tayyorgarligi xususida to‘xtaldi.
"Biz bu masalada shoshqaloqlikka yo‘l qo‘ymaymiz. Barcha klublarning tibbiy xodimlari bilan bamaslahat ish olib borilmoqda. Har bir futbolchimiz birinchi yoki ikkinchi uchrashuvga qadar to‘liq tayyor bo‘lishiga ishonchimiz komil. Zero, gap Jahon chempionati haqida bormoqda. To‘g‘ri, ushbu nufuzli turnirda zarurat tug‘ilsa, tavakkal qilishga majbur bo‘lamiz. Biroq har qanday qadam tibbiyot xodimlarining xulosasi va oqilona qarorlar asosida qo‘yiladi. Oldimizda jiddiy vazifa turibdi va Kabo-Verdega qarshi bahsda maydonga eng kuchli futbolchilar tushadi", dedi bosh murabbiy.













