Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

«Milan»da katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

«Milan»da katta o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda

Baho:
+ | -

«Milan» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri lavozimini tark etishga yaqin turibdi. Jurnalist Matteo Morettoning xabar berishicha, klubni faqat Allegri emas, balki bosh direktor sifatida faoliyat yuritgan Jordjo Furlani ham tark etishi kutilmoqda.

«Milan» xo‘jayini Djerri Kardinale allaqachon sport va bosh direktor lavozimlariga yangi nomzodlarni qidirishni boshlagan. Buning uchun xorijlik mutaxassislar ko‘rib chiqilmoqda. Umuman olganda, mavsum yakunidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng «rossonerilar» lagerida katta «revolyusiya»ga hozirlik ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» Italiya chempionatining so‘nggi turida o‘z maydonida «Kalyari»dan kutilmaganda mag‘lubiyatga uchrab (1:2), Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan mosuvo bo‘lgan edi.

Kiritildi: 17:21, 25.05.2026.
O'qildi: 1036 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик