Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Krupi «Arsenal» transfer nishoniga aylandi

Krupi «Arsenal» transfer nishoniga aylandi

Baho:
+ | -

«Bornmut»ning 19 yoshli hujumchisi Eli Junior Krupi Londonning «Arsenal» klubi e’tiborini tortdi. Bu haqda Daily Star xabar bermoqda.

«Loryan»dan 13 million yevro evaziga «Bornmut»ga kelib qo‘shilgan Krupi yorqin mavsumni o‘tkazdi va endi uning transfer qiymati klub tomonidan 7 barobarga qimmatladi (taxminan 90 mln yevrodan ortiq). «Arsenal»ning qiziqishiga qaramay, fransiyalik futbolchi hozirda «Bornmut»ga to‘liq e’tibor qaratganini va kelasi mavsumda jamoa bilan yevrokuboklarda ishtirok etishni orzu qilayotganini ta’kidladi.

Ta’kidlash joizki, aynan Krupi «Manchester Siti» darvozasiga gol urib, «Arsenal»ga muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirishga yordam bergan edi. Shundan so‘ng Mikel Arteta shogirdlarining ko‘plab o‘yinchilari unga ijtimoiy tarmoqlarda minnatdorchilik bildirishgan.

Krupi o‘tgan APL mavsumida 13 ta gol urib, 20 yoshgacha bo‘lgan debyutantlar o‘rtasida yangi rekord o‘rnatdi. Ungacha rekord «Liverpul» vakili Robbi Fauler va «Koventri»dan Robbi Kinga tegishli bo‘lib, ular mavsum davomida 12 tadan gol kiritishgan edi.

Kiritildi: 17:24, 25.05.2026.
O'qildi: 678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик