«Tottenxem» himoyachisi Mikki van de Ven mavsum yakunida jamoaning turnir jadvalidagi holatini qabul qilib bo‘lmas deb atadi.
«Shporlar» chempionatning final turida «Everton» ustidan g‘alaba qozonib (1:0), APLda jon saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi. London klubi mavsumni jadvalning 17-pog‘onasida yakunladi.
«So‘nggi turda ligada jon saqlab qolish uchun kurashayotganimiz — bu qabul qilib bo‘lmas holat. Bu klubda ajoyib futbolchilar bor.
Bu ishni oxirgi kungacha qoldirganimiz uyatli, lekin biz g‘alabani qo‘lga kiritdik va eng muhimi shu.
To‘g‘risini aytsam, final hushtagidan keyin juda ta’sirlanib ketdim. Shaxsan men uchun bu mavsum juda og‘ir o‘tdi. Men deyarli har bir o‘yinda qatnashdim va bu menga qiyin bo‘ldi. Hozir juda xursandman, lekin bu holat boshqa hech qachon takrorlanmasligi kerak», – dedi van de Ven BBC’ga bergan intervyusida.













