Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Martinelli: «Biz oila yaratdik, klub o‘zi bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda»

Martinelli: «Biz oila yaratdik, klub o‘zi bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda»

Baho:
+ | -

«Arsenal» vingeri Gabriel Martinelli qo‘lga kiritilgan chempionlikdan keyingi hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Klubdagi qariyb yetti yillik faoliyatimdan so‘ng, bu lahzalar men uchun nimani anglatishini so‘z bilan ifodalab berish qiyin.

Men bu klubga 18 yoshimda kelgandim. Uyimdan uzoqda edim, tilni deyarli bilmasdim, butunlay yangi madaniyatga, yangi hayotga moslashishga harakat qilardim va o‘sha paytda juda katta bo‘lib tuyulgan orzuning ketidan quvardim. Kelajak nima olib kelishini aniq bilmasdim, lekin bu klub uchun borimni berishni xohlashimni bilardim.

Biz shunchaki jamoa tuzmadik, biz oila, o‘zlik va muxlislar yana ishona oladigan narsa yaratdik. Bu klubni o‘ziga loyiq bo‘lgan joyda ko‘rish — faoliyatimdagi eng faxrli lahzalardan biridir.

Oilamga, klubdagi barchaga, xodimlarga, jamoadoshlarimga va parda ortida mehnat qilayotgan har bir insonga rahmat aytmoqchiman. Va eng muhimi, muxlislarga rahmat. Sizning yillar davomidagi qo‘llab-quvvatlashingiz, sabringiz va muhabbatingiz hech qachon e’tibordan chetda qolmagan. Siz og‘ir damlarda biz bilan birga bo‘ldingiz va bu sovrin hammaga tegishli bo‘lgani kabi sizniki hamdir.

Bu klub hayotimni o‘zgartirdi. Ushbu libosni kiyish sharafiga muyassar bo‘lganim uchun doim minnatdorman», dedi futbolchi.

Kiritildi: 20:39, 25.05.2026.
O'qildi: 281 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик