Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Luis Enrike: "Biz Chempionlar ligasi kubogiga loyiqmiz"

Luis Enrike: "Biz Chempionlar ligasi kubogiga loyiqmiz"

Baho:
+ | -

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi finali arafasida jamoaning ruhiy holati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashib, bu yilgi bosimni o‘tgan yilgi tajriba bilan solishtirdi.

"Men aytardimki, o‘tgan mavsumda bosim kuchliroq edi, chunki atrofdagilarning barchasi: "Mana o‘sha dam! Bu safar biz mag‘lub bo‘lishimiz mumkin emas!", deb qaytarardi. Hozir ham bosim bor, lekin u bizning ushbu sovringa loyiq ekanligimizni his qilayotganimiz bilan bog‘liq. Turnirda bosib o‘tgan yo‘limiz va ortda qoldirgan jamoalarimizni hisobga olsak, biz unga loyiqmiz.

Biz pley-off bosqichidan o‘tdik, 36 ta jamoa ichida eng qiyin yo‘lni bosib o‘tdik. Mavsum davomida boshdan kechirgan barcha qiyinchiliklar va yaxshilagan jihatlarimizdan so‘ng, biz ushbu finalga yetib keldik. Albatta, maqsadimiz — mavsumni ijobiy notada yakunlash uchun uni yutish", — dedi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 30 may kuni Chempionlar ligasi finalida "PSJ" "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 21:42, 25.05.2026.
O'qildi: 340 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик