Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Souchek: «Faoliyatimdagi eng og‘ir kunlardan biri»

Souchek: «Faoliyatimdagi eng og‘ir kunlardan biri»

Baho:
+ | -

«Vest Xem Yunayted» yarim himoyachisi Tomash Souchek jamoaning Angliya Premyer-ligasini tark etganiga munosabat bildirdi. Klub mavsumni 18-o‘rinda yakunladi.

«Bu mening futbolchilik faoliyatimdagi eng og‘ir kunlardan biri. Muxlislarimiz uchun, klubdagi barcha xodimlar uchun va bu holat klubdagi yetti yillik faoliyatim hamda Premyer-ligadan keyin nimani anglatishini o‘ylab, qattiq xafaman. Siz bizdan ko‘prog‘iga loyiq edingiz. Hatto eng qiyin lahzalarda ham biz bilan bo‘lganingiz uchun rahmat.

Ishonchim komilki, «Vest Xem» oilasi bu sinovli davrda ham doimgidek birdam bo‘lib qoladi. Endigi vazifamiz — bunga to‘g‘ri javob qaytarish: har qachongidan ham ko‘proq mehnat qilish va «Vest Xem»ni o‘zi loyiq bo‘lgan joyga qaytarish uchun kurashish», — deb yozdi Souchek ijtimoiy tarmoqlarda.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Vest Xem»dan tashqari «Byornli» va «Vulverxempton» ham APLni tark etdi. Ularning o‘rnini kelgusi mavsumda «Koventri Siti», «Ipsvich Taun» va «Xall Siti» jamoalari egallaydi.

Kiritildi: 23:20, 25.05.2026.
O'qildi: 223 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик