Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kamavinga yozda «Real»ni tark etmoqchi emas

Kamavinga yozda «Real»ni tark etmoqchi emas

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavinga shu yozda hozirgi jamoasini tark etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Futbolchi yozgi transfer oynasida ehtimoliy hamkorlik bo‘yicha boshqa klublar bilan aloqaga chiqmoqchi emas. Buning o‘rniga u «Real»dagi holatini yaxshilash va o‘z mavqeini o‘zgartirishni istamoqda. Qayd etilishicha, yarim himoyachining «los blankos» prezidenti Florentino Peres bilan munosabatlari hamon yaxshi holatda.

Yakunlangan mavsumda Kamavinga barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:28, 25.05.2026.
O'qildi: 429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик