Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Liverpul» Alisson Beker bo‘yicha qaror qabul qildi

«Liverpul» Alisson Beker bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Braziliyalik darvozabon Alisson Beker faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, «Liverpul» rahbariyati tajribali darvozabonni jamoada olib qolmoqchi.

Mersisaydliklar klubi futbolchi bilan yangi mehnat shartnomasini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati kelasi mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi.

Avvalroq matbuotda Turinning «Yuventus» klubi Alissonning transferiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli darvozabon «Liverpul» safida 2018 yilning yozidan buyon to‘p surib kelmoqda. Braziliyalik futbolchining bozor qiymati hozirda 17 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 10:12, 26.05.2026.
O'qildi: 478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик