Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Liverpul» tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashdi

«Liverpul» tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» klubi himoyachi Ris Uilyams jamoani tark etganini e’lon qildi. 25 yoshli futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi iyun oyida yakuniga yetadi va u erkin agentga aylanadi.

«Liverpul»dagi barcha xodimlar Risga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiradi va unga kelgusi faoliyatida omad tilaydi», — deyiladi klub rasmiy bayonotida.

Uilyams klub akademiyasining barcha bosqichlaridan o‘tgan va 2020/21 yilgi mavsumda asosiy jamoa tarkibida 19 ta o‘yinda maydonga tushgan edi.

Shundan so‘ng u turli klublarda ijara asosida to‘p surdi: «Suonsi», «Blekpul», «Aberdin» (faqat yoshlar jamoasida o‘ynagan), uchinchi divizion vakili «Port Veyl» (maydonga tushmagan) va to‘rtinchi diviziondagi «Morkem» jamoalarida faoliyat yuritdi.

«9 yoshimda shartnoma imzolaganimdan tortib, 25 yoshimda ketishimgacha bo‘lgan davr... Bu klub menga orzularimni ro‘yobga chiqarish imkonini berdi. Ushbu libosda maydonga tushish, afsonalar bilan muloqot qilish va dunyodagi eng ajoyib muxlislar uchun o‘ynash men uchun sharaf edi.

Barcha futbolchilar, xodimlar va shu yo‘lda men bilan birga bo‘lgan har bir insonga rahmat aytaman. Bu klubni taratganimdan doimo faxrlanaman. Rahmat, «Liverpul», — deb yozdi Uilyams ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 10:16, 26.05.2026.
O'qildi: 422 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик