Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Shotlandiyada Skott Maktominay tasvirlangan maxsus 20 funtlik banknota chiqarildi

Shotlandiyada Skott Maktominay tasvirlangan maxsus 20 funtlik banknota chiqarildi

Baho:
+ | -

Shotlandiyada «Napoli» klubi va Shotlandiya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Skott Maktominay tasvirlangan maxsus 20 funtlik banknota muomalaga chiqarildi. Bu haqda The Herald nashri xabar bermoqda.

Kupyurada futbolchining chalqancha uslubda (akrobatik tarzda) yo‘llagan zarbasi tasvirlangan. Illyustrasiya uchun Maktominayning 2026 yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida Daniyaga qarshi o‘yinda (4:2) kiritgan goli asos qilib olindi. Ushbu gol Shotlandiya terma jamoasiga 1998 yildan buyon ilk bor jahon birinchiligining final bosqichiga yo‘llanma olishga yordam bergan edi.

Shotlandiya Banki o‘z bayonotida ushbu vaziyatni milliy terma jamoaning AQSHdagi Jahon chempionatiga yo‘l olishini ta’minlagan «tarixiy lahza» deb atadi.

Ma’lum qilinishicha, bunday banknotalardan jami 100 dona chiqariladi. Ularning yarmi to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvga chiqariladi, 25 tasi yutuqli o‘yinlarda o‘ynaladi, qolgan 25 tasi esa auksion orqali sotiladi. Tushgan barcha mablag‘lar Shotlandiyadagi uysizlarga yordam beruvchi xayriya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Jahon chempionatining guruh bosqichida Shotlandiya terma jamoasi Braziliya, Marokash va Gaiti terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Turnir shu yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:55, 26.05.2026.
O'qildi: 456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик