Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Devisning Jahon chempionatidagi ishtirokiga oydinlik kiritdi

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Devisning Jahon chempionatidagi ishtirokiga oydinlik kiritdi

Baho:
+ | -

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh jamoa sardori Alfonso Devisning JCH-2026 final turnirida maydonga tushishini ma’lum qildi. Biroq jarohati sababli u ilk start uchrashuviga tayyor bo‘la olishi amrimahol.

25 yoshli futbolchi bundan avvalroq sonning orqa mushagini shikastlab olgan edi. Deyvis milliy terma jamoa ixtiyoriga faqat may oyining eng so‘nggi kunlarida kelib qo‘shilishi kutilmoqda. Hozirda u jarohatidan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Jessi Marshning so‘zlaridan ESPN nashri iqtibos keltirmoqda:

“Bavariya” uni Shimoliy Amerikada mavjud bo‘lmagan, ammo Germaniyada bajarish mumkin bo‘lgan maxsus protokollardan o‘tkazdi. Uning Germaniyada qolganining asosiy sabablaridan biri ham shunda. Chunki u yerda futbolchi olishi mumkin bo‘lgan ilg‘or davolash usullari bor va biz buni foydali deb hisobladik. Klub ham bizni juda qo‘llab-quvvatlamoqda va uni Jahon chempionatida ko‘rishni istaydi. Menimcha, ular o‘z futbolchilarini ham klub, ham terma jamoa darajasida qo‘llab-quvvatlash naqadar muhimligini yaxshi tushunishadi».

Alfonso Devis Kanada terma jamoasidagi debyutini 2017 yilning iyun oyida o‘tkazgan edi. U milliy jamoa libosida 58 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu yilning 12 iyun kuni Kanada terma jamoasi JCH-2026 final turniridagi ilk uchrashuvini Bosniya va Gersegovina terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, ular «B» guruhida Qatar va Shveysariya terma jamoalari bilan ham kuch sinashadilar.

Kiritildi: 11:02, 26.05.2026.
O'qildi: 298 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик