Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Avstraliya terma jamoasi yetakchisi JCHni o‘tkazib yuboradi

Avstraliya terma jamoasi yetakchisi JCHni o‘tkazib yuboradi

Baho:
+ | -

«Midlsbro» va Avstraliya terma jamoasi hujumchisi Rayli Makgri jarohati tufayli 2026 yilgi jahon chempionati final bosqichida ishtirok eta olmaydi, deb xabar beradi ESPN.

27 yoshli hujumchi APLga yo‘llanma beruvchi pley-off finalida «Xall Siti»ga qarshi kechgan bahsda (0:1) jarohat olib, 76-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘lgandi.

Makgri Avstraliya terma jamoasining jahon chempionatidagi asosiy tarkib o‘yinchilaridan biri bo‘lishi kutilayotgan edi.

Ta’kidlash joizki, Makgri 2022 yilning yanvaridan buyon «Midlsbro» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda u 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Futbolchi Avstraliya terma jamoasidagi debyutini 2021 yilning iyun oyida o‘tkazgan. Milliy terma jamoa safida u shu kungacha 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.

Kiritildi: 11:05, 26.05.2026.
O'qildi: 429 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик