Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

«Paderborn» Bundesligaga qaytdi, «Volfsburg» esa XXI asrda ilk bor quyi ligaga tushdi

«Paderborn» Bundesligaga qaytdi, «Volfsburg» esa XXI asrda ilk bor quyi ligaga tushdi

Baho:
+ | -

«Paderborn» o‘z maydonida «Volfsburg»ni mag‘lub etib, 2026/27 yilgi mavsumda Bundesliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi — 2:1 (asosiy vaqt 1:1, qo‘shimcha vaqtda 1:0).

Hisob o‘yinning 3-daqiqasida «Volfsburg» hujumchisi Jenan Peychinovich tomonidan ochildi. 38-daqiqada esa mezbonlar hujumchisi Filip Bilbiya muvozanatni tikladi. 100-daqiqada «Paderborn» himoyachisi Laurin Kurda o‘yinga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Ta’kidlash joizki, «Volfsburg» 14-daqiqadan boshlab himoyachi Yoakim Melening chetlatilishi sababli bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi.

Eslatib o‘tamiz, ikki jamoa o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda hisob ochilmagan edi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (2:1), «Paderborn» Bundesliga yo‘llanmasiga ega chiqdi.

«Volfsburg» 2025/26 yilgi mavsumda Germaniya chempionati oliy divizionida 16-o‘rinni egallagan edi (34 o‘yinda 29 ochko). «Paderborn» (34 uchrashuvda 62 ochko) esa ikkinchi Bundesligani uchinchi o‘rinda yakunlagandi.

«Paderborn» shu vaqtga qadar Bundesligada ikki mavsum (2014/15 va 2019/20) ishtirok etgan. «Volfsburg» esa 1997 yildan buyon ilk bor oliy divizionni tark etdi.

Kiritildi: 11:11, 26.05.2026.
O'qildi: 278 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик