Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Milan» Allegri va iste’foga chiqarilgan rahbariyatga 20 mln yevrodan ortiq tovon puli to‘laydi

«Milan» Allegri va iste’foga chiqarilgan rahbariyatga 20 mln yevrodan ortiq tovon puli to‘laydi

Baho:
+ | -

«Milan» klubi jamoaning sobiq murabbiyi Massimiliano Allegri, shuningdek, sobiq bosh ijrochi direktor Jorjo Furlani va sport direktori Igli Tarega umumiy hisobda 20 million yevrodan ortiq mablag‘ to‘laydi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Furlani 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasiga ko‘ra, bonuslar bilan birga taxminan 10 million yevro olishi kerak edi. 2027 yilgacha shartnomasi bo‘lgan Allegri 9 million yevro, Igli Tare esa 3 million yevro atrofida mablag‘ olishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etilishicha, bu summalar hali yakuniy emas va klub ishdan bo‘shatilgan mutaxassislar bilan muzokaralar o‘tkazish orqali to‘lovlarni kamaytirishga erishishi mumkin.

Avvalroq, «Milan» kelgusi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagani sababli Massimiliano Allegri, sport va bosh ijrochi direktorlar iste’foga chiqarilganini e’lon qilgan edi.

Italiya chempionatining 38 ta o‘yinidan so‘ng «Milan» 70 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 11:18, 26.05.2026.
O'qildi: 742 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик