Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning menejeri Odi Attar irlandiyalik sportchining kelajagi borasidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, Konor 11 iyul kuni UFC 329 turniri doirasida Maks Xolloueyga qarshi bo‘lib o‘tadigan jangdan so‘ng faoliyatini yakunlamoqchi emas.
«Shuni aytishim mumkinki, Makgregor doimiy ravishda sport formasida bo‘lishni va jang qilishni xohlaydi. Biz 11 iyuldagi Maks Xollouey bilan to‘qnashuvdan tashqari, keyingi jangni ham intiqlik bilan kutyapmiz — bu safar albatta bir yil kutib o‘tirmaymiz», — deya Attarning so‘zlarini keltiradi MMAJunkie.
Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor 2021 yil iyul oyidan beri, ya’ni Dastin Porye bilan jangda oyog‘idan og‘ir jarohat olganidan beri oktagonga ko‘tarilmagan edi. Hozirda uning hisobida 22 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat mavjud. Maks Xollouey bilan bo‘lajak jang UFC 329 kechasining markaziy voqeasi bo‘lishi kutilmoqda.













