Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Rolan Garros”: Kamilla Rahimova dunyoning 32-raketkasini mag‘lub etib, ikkinchi davraga yo‘l oldi

“Rolan Garros”: Kamilla Rahimova dunyoning 32-raketkasini mag‘lub etib, ikkinchi davraga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Fransiya ochiq chempionatining (“Rolan Garros”) asosiy to‘r bahslari qizg‘in pallaga kirdi.

Musobaqaning ilk davrasida o‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazdi. 24 yoshli sportchi dunyoning 32-raketkasi, ruminiyalik Jaklin Kristianga qarshi kortga chiqdi va 2 soat-u 55 daqiqa davom etgan murosasiz bahsda 2:1 (6/3, 4/6, 6/4) hisobida g‘alaba qozondi.

WTA reytingida 89-o‘rinni band etib turgan Kamillaning ikkinchi bosqichdagi raqibi chexiyalik Karolina Muxova bo‘ladi. 29 yoshli Karolina hozirda dunyoning 10-raqamli tennischisi hisoblanadi. Mazkur bellashuv 27 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, yana ikki nafar o‘zbekistonlik tennischilar — Mariya Timofeeva va Polina Kudermetova “Rolan Garros” turnirining saralash bahslarida ishtirok etib, musobaqaning asosiy bahslariga yo‘llanma ololmagan edi.

Ma’lumot uchun, “Rolan Garros” dunyodagi eng nufuzli qumli kort turniri bo‘lib, hozirgi kunda ushbu qoplamada o‘tkaziladigan yagona “Katta dubulg‘a” musobaqasidir. Turnirda yakkalik bahslarida g‘olib bo‘lgan tennischi 2000 reyting ochkosi va 2,5 million yevro miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:05, 26.05.2026.
O'qildi: 470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик