Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/10 00:00 Real Madrid 1-0 Vilyarreal
11/10 16:00 OKMK 2-2 Navbahor
11/10 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Lokomotiv
11/10 17:00 Elche - Selta
11/10 18:00 Kristal Pelas - Nottingem Forest
11/10 18:00 Xall Siti - Everton
11/10 19:15 Real Sosyedad - Deportivo
11/10 20:30 Liverpul - Manchester Siti
11/10 21:30 Betis - Osasuna
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor - Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl - Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor - Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) - Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa - Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya - Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Romelu Lukaku: «Jahon chempionatiga tayyor bo‘lish uchun qo‘limdan kelgan barchasini qilaman»

Romelu Lukaku: «Jahon chempionatiga tayyor bo‘lish uchun qo‘limdan kelgan barchasini qilaman»

Baho:
+ | -

“Napoli” hamda Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku hozirgi jismoniy holati haqida fikr bildirdi.

“Men 2022 yilgi Jahon chempionatidan oldingi holatimdan ko‘ra yaxshiroq formadaman, o‘shanda Qatarga bormasligim kerak edi. Bir necha yildan beri bunchalik tez bo‘lmaganman (sprint mashg‘uloti vaqtida futbolchi soatiga 35,5 km tezlikkacha chiqqan). Terma jamoada meni eng yaxshi formaga qaytarish uchun qo‘ldan kelgan barcha ish qilinmoqda. Nazorat uchrashuvlarida ham, boshqa jihatlar qatori, shu ustida ishlaymiz.

Men maydonga chiqib, darhol asosiy tarkib futbolchisiga aylanaman, deb o‘ylamayapman. Yoki faqat bir soat o‘ynayman, degan fikr ham yo‘q. Bunday o‘ylash mutlaqo noto‘g‘ri bo‘lardi… Gap Jahon chempionati haqida ketmoqda, vaziyatga kengroq qarash kerak. Men tayyor bo‘lish va jamoaga yordam berish uchun qo‘limdan kelgan barchasini qilaman”, — dedi Lukaku RTBF nashriga.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida Lukaku Belgiya terma jamoasi yig‘iniga borgan, biroq son qismidagi jarohati sabab o‘yinlarda ishtirok etmagan. Shundan so‘ng u “Napoli” bilan kelishmagan holda tiklanishni mustaqil davom ettirish maqsadida Belgiyada qolgan. Bu holat klub rahbariyati, xususan prezident Aurelio De Laurentis va sport direktori Jovanni Mannani qattiq g‘azablantirgan. Ular futbolchiga ultimatum qo‘ygan, ammo u javobsiz qolgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:08, 26.05.2026.
O'qildi: 799 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик