Madridning «Real» klubi prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme Ispaniya terma jamoasining Jahon chempionati uchun e’lon qilingan tarkibida birorta ham «qirollik klubi» vakili yo‘qligini keskin qoraladi. Bosh murabbiy Luis de la Fuente yakuniy ro‘yxatdan «Real» futbolchilarini chetda qoldirgani ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
«Madridist sifatida JCH-2026 uchun e’lon qilingan Ispaniya terma jamoasi tarkibida birorta ham «Real» futbolchisini ko‘rmaslik men uchun juda og‘riqli. Yozgi mundial davomida bizning bolalarimiz kimning ismi yozilgan futbolkani kiyib yurishadi? Lamin Yamalningmi?» — deya Rikelme so‘zlarini keltiradi Cope.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi Jahon chempionati guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.













