Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron 2-2 Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Vinisius «Real» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha fikrlarini bildirdi

Vinisius «Real» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Junior amaldagi shartnomasining muddati yaqinlashib qolganiga qaramay, vaziyatni xotirjam qabul qilmoqda. Braziliyalik futbolchining klub bilan tuzgan kelishuvi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Shu sababli matbuotda yulduz hujumchining jamoani tark etishi mumkinligi haqida turli mish-mishlar tarqalmoqda.

Futbolchining o‘zi esa bu gap-so‘zlarga navbatdagi bor raddiya bildirdi.

«Shartnomani uzaytirish borasida shoshilayotganim yo‘q. 2027 yilgacha hali vaqt yetarli – klub bilan muhokama qiladigan jihatlarimiz bor. Men xotirjamman, «Real»da ham vaziyat tinch. Florentino Peres menga ishonadi, men esa unga ishonaman», — deb yozmoqda jurnalist Fabrisio Romano futbolchining so‘zlariga tayanib.

Ma’lumot uchun, Vinisius 2018 yildan buyon «Qirollik klubi» sharafini himoya qilib keladi. Iyul oyida futbolchi 26 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 11:21, 27.05.2026.
O'qildi: 575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик