Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Chelsi» yulduziga 3 ta top-klub da’vogarlik qilmoqda

«Chelsi» yulduziga 3 ta top-klub da’vogarlik qilmoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes yozgi transfer oynasi vaqtida klubdan ketishi kutilmoqda. Bu haqda taniqli jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik futbolchiga bir qator grand jamoalar jiddiy qiziqish bildirmoqda. Xususan, «Manchester Siti» uni o‘z safida ko‘rishga intilmoqda — «shaharliklar» bosh murabbiyi Enso Mareska futbolchini shaxsan o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Shuningdek, Fernandesni xarid qilishga «PSJ» va Madridning «Real» klubi ham umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli yarim himoyachi yakunlangan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ensoning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 11:23, 27.05.2026.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик