«Brayton» hujumchisi Yankuba Minte faoliyatini Angliya premyer-ligasining boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Africa Foot jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Liverpul» 21 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. «Qizillar» Mintening yozgi transferi bo‘yicha dastlabki so‘rovni amalga oshirishgan. U jamoani tark etayotgan misrlik Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rilmoqda.
Transfermarkt ekspertlarining bahosiga ko‘ra, hujumchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil qiladi. Minte va «chaykalar» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.













