WhoScored talqiniga ko‘ra La Liganing ramziy terma jamoasida "Real" va "Barselona"dan uch nafardan futbolchi joy oldi.
Jamoa futbolchilarning o‘z pozisiyalaridagi o‘rtacha reyting ballari asosida tuzib chiqildi. Unga ko‘ra ramziy tarkib quyidagicha ko‘rinish olgan:
Darvozabon: Joan Garsiya ("Barselona", o‘rtacha ball – 7,09);
Himoyachilar: Andrey Rasiu ("Rayo Valyekano", 7,13), Florian Lejen ("Rayo Valyekano", 7,06), Kike Salas ("Sevilya", 7,16), Karlos Romero ("Espanyol", 7,0);
Yarim himoyachilar: Lamin Yamal ("Barselona", 8,23), Pedri ("Barselona", 7,25), Djud Bellingem ("Real", 7,24), Abde Ezzalzuli ("Betis", 7,19);
Hujumchilar: Vinisius Junior ("Real", 7,35), Kilian Mbappe ("Real", 7,70).













