«Manchester Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva katta ehtimol bilan faoliyatini «Barselona»da davom ettiradi. Tez orada portugaliyalik futbolchi rasman erkin agentga aylanadi.
Jurnalist Xose Alvaresning xabar berishicha, Kataloniya klubi 31 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qat’iy bel bog‘lagan. Muzokaralar juda tez sur’atlarda olg‘a siljimoqda, tomonlar so‘nggi kunlarda faol muhokamalar olib borishmoqda.
Yarim himoyachining o‘zi boshqa variantlari bo‘lishiga qaramay, «Barsa»ga o‘tish imkoniyatini ustuvor deb hisoblamoqda. Bernardu Silva 2017 yildan buyon «Manchester Siti» safida to‘p surib kelayotgandi. Avgust oyida «shaharliklar»ning sobiq sardori 32 yoshni qarshi oladi.













