Kirish Ro'yxatdan o'tish

Oliver Glasner «Kristal Pelas» bilan xayrlashdi: «Bu mening so‘nggi o‘yinim bo‘lganiga ishona olmayapman»

Oliver Glasner «Kristal Pelas» bilan xayrlashdi: «Bu mening so‘nggi o‘yinim bo‘lganiga ishona olmayapman»

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» bosh murabbiyi Oliver Glasner shogirdlari Konferensiyalar ligasi finalida g‘alaba qozonganidan so‘ng intervyu berdi. «Rayo Valyekano» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonilgan uchrashuvdan keyin u shunday dedi:

«O‘yinchilarni va butun jamoani tabriklashim kerak, chunki o‘yin xuddi biz kutganimizdek kechdi. Ayniqsa, tanaffusdan keyingi 15 daqiqani alohida qayd etmoqchiman — o‘sha pallada gol urdik va o‘yin taqdirini hal qilib qo‘yishimiz mumkin edi», — deya Glasnerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TNT Sports.

«O‘yin so‘ngida juda yaxshi himoyalandik. Fantastik oqshom. Men chin dildan xursandman, chunki bu futbolchilar guruhi, bu klub va bu muxlislar Konferensiyalar ligasida g‘alaba qozonishga haqiqatan ham loyiq edi».

«Bu mening so‘nggi o‘yinim bo‘lganiga hali ham ishona olmayapman. Ha, men shunday qarorga keldim. O‘ylaymanki, bu «Kristal Pelas» kitobidagi yaxshi bob bo‘ldi, ammo undan keyin yana boshqa boblar keladi», — deya qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Konferensiyalar ligasidagi g‘alabadan tashqari, Glasner «burgutlar»ni o‘tgan yilgi Angliya kubogi va Superkubogida ham zafar quchishiga sababchi bo‘lgan edi.

Kiritildi: 08:36, 28.05.2026.
O'qildi: 289 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик