«Liverpul» markaziy himoyachisi Jo Gomes «Aston Villa» nishoniga tushdi. «Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri kelasi mavsum oldidan — jamoa Chempionlar ligasida ishtirok etishini inobatga olgan holda — himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, Birmingem klubi Gomesni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Unga, shuningdek, «Milan» va «Beshiktosh» klublari ham da’vogarlik qilmoqda. «Liverpul» esa hali 29 yoshli futbolchining kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.
Jo Gomes o‘tgan mavsumda «qizillar» safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali angliyalik futbolchining narxini 15 million yevroga baholamoqda.













