Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Kristal Pelas» bir yil ichida uchta yirik sovrinni qo‘lga kiritdi

«Kristal Pelas» bir yil ichida uchta yirik sovrinni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» o‘z tarixidagi eng yorqin davrlardan birini boshdan kechirmoqda. Chorshanba kuni London «burgutlari» finalda «Rayo Valyekano»ni (1:0) mag‘lub etib, Konferensiyalar ligasi g‘olibiga aylanishdi. «Kristal Pelas» uchun bu so‘nggi bir yil ichida qo‘lga kiritilgan uchinchi yirik sovrindir. 2025 yilda londonliklar Angliya kubogi va Angliya Superkubogida zafar quchishgan edi.

Sentyabr oyida «Kristal Pelas» tashkil topganiga 121 yil to‘ladi. 119 yildan ziyod vaqt mobaynida klub tarixida birorta ham yirik sovrin bo‘lmagan — faqat quyi divizionlardagi titullar bilan cheklanib qolingan. Endi esa «burgutlar» bir yil ichida uch marta nufuzli sovrinni boshlari uzra baland ko‘tarishdi.

«Kristal Pelas» ushbu uchta sovrinning barchasini Oliver Glasner boshchiligida qo‘lga kiritdi. Avstriyalik mutaxassis mavsum yakunlangach, klubdan ketishga qaror qilganini ancha avval e’lon qilgan edi.

Kiritildi: 08:48, 28.05.2026.
O'qildi: 796 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик