«Manchester Siti» yarim himoyachisi Niko Gonsales yozgi transferlar oynasida jamoadan ketishi mumkin. Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda «shaharliklar»ning asosiy tarkibida ko‘p ham maydonga tushmadi.
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, 24 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Premyer-liganing nomi oshkor etilmayotgan uchta klubi qiziqish bildirmoqda. Har uchala holatda ham gap ijara kelishuvi haqida ketmoqda.
Niko Gonsalesning «Manchester Siti» bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan, uning Transfermarkt portalidagi narxi esa 45 million yevroni tashkil etadi. O‘tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 41 ta o‘yinda ishtirok etib, ikkita gol muallifi bo‘ldi.













