Madridning «Real» klubi va Braziliya terma jamoasi futbolchisi Vinisius Junior Portugaliya terma jamoasining Jahon chempionatidagi imkoniyatlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Roberto Martines boshchiligidagi jamoa guruh bosqichida Kongo DR, Kolumbiya va O‘zbekiston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
«Portugaliya — mundial favoritlaridan birimi? Ha, men shunday deb o‘ylayman. U yerda Ronaldu bor va uning ishtiroki katta ahamiyatga ega. Shuningdek, ular tarkibida o‘z avlodining eng yaxshi futbolchilaridan hisoblangan Vitinya va Joau Nevesh bor. Nunu Mendesh, Leau va Feliks haqida ham unutmaslik kerak — men bu futbolchilarni juda yaxshi taniyman», – deya Vinisiusning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Al Nassr Zone.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya terma jamoasi o‘z tarixida hali Jahon chempionatida g‘olib chiqmagan, Braziliyaning so‘nggi muvaffaqiyati esa 2002 yilga to‘g‘ri keladi.













