Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arsen Venger Artetaga Chempionlar ligasi finali oldidan maslahat berdi

Arsen Venger Artetaga Chempionlar ligasi finali oldidan maslahat berdi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Mikel Artetaga Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ga qarshi o‘yin oldidan maslahat berdi. «Kanonirlar» shu shanba, 30 may kuni o‘z tarixida ilk bor eng nufuzli yevrokubokni yutishi mumkin. Buning uchun turnirning amaldagi g‘olibini mag‘lub etish talab etiladi.

«Arteta odatda nima qilsa, o‘shani qilishi va xotirjamlikni saqlashga harakat qilishi kerak, garchi bu qanchalik qiyinligini bilsam-da. Futbolchilarga qat’iy ishonch bag‘ishlash zarur. Mikel buni qanday qilishni tushunadi va u o‘yinchilarni mendan ko‘ra yaxshiroq biladi. Butun mavsum davomida yordam bergan jamoaviy ruhni saqlab qolish juda muhim», – dedi afsonaviy fransuz murabbiyi.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» ishtirokidagi avvalgi Chempionlar ligasi finali aynan 20 yil avval bo‘lib o‘tgan edi: o‘shanda Venger boshchiligidagi londonliklar «Barselona»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgandi.

Kiritildi: 11:58, 28.05.2026.
O'qildi: 456 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик