Kirish Ro'yxatdan o'tish

Xoland Gvardiolaga ta’sirli tarzda murojaat qildi

Xoland Gvardiolaga ta’sirli tarzda murojaat qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Norvegiyalik forvard o‘n yillik faoliyatidan so‘ng klubni tark etgan Xosep Gvardiolaga murojaat qildi.

«O‘rgatishdan hech qachon to‘xtamagan murabbiy. Bu aqlbovar qilmasdek tuyuladi, lekin siz buyuklikni oddiy bir holga aylantirdingiz. Hatto xet-triklar, g‘alabalar va sovrinlardan keyin ham doimo yangi saboq, yangi chaqiruv va intilish kerak bo‘lgan yangi daraja bo‘lardi. Bu mentalitet klubni abadiyga o‘zgartirdi va meni ham o‘zgartirdi. Eng yaxshisi bilan ishlash — bu hayotdagi eng katta sharaf. Barchasi uchun rahmat, boss», — deb yozdi Xoland.

Erling Xoland Xosep Gvardiola qo‘l ostida to‘rt mavsum o‘tkazdi. Bu vaqt ichida hujumchi 198 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 162 ta gol urdi va sheriklariga 30 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 12:46, 28.05.2026.
O'qildi: 253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик