«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Corriere dello Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» serbiyalik forvardni o‘z safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Futbolchi 26 may kuni Londondagi mehmonxonalardan birida ko‘rinish berdi. Bu holat Vlaxovichning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlarning yangi to‘lqinini keltirib chiqardi.
Dushan Vlaxovich 2022 yilda «Fiorentina»dan «Yuventus»ga 85 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda forvard Turin klubi safida barcha musobaqalarda 23 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali Vlaxovichning transfer narxini 35 million yevroga baholamoqda.













